
Bugun Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Kitobxonlik uchrashuvi.
Talabalar kitoblar orqali yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, qiziqarli bahs-munozaralar olib borishdi va o‘zaro fikr almashishdi.
Kino kechasi.
Birgalikda film tomosha qilish orqali talabalar maroqli hordiq chiqarishdi va o‘zaro do‘stona muhitni mustahkamlashdi.
Voleybol musobaqasi.
Sportsevar talabalar jamoaviy o‘yin orqali sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdi, do‘stona raqobatda o‘z iqtidorini namoyon etishdi.