Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti11-avgust, 2025 · Tahririyat

“Dolzarb 90 kun” – talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish sari muhim qadam

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti hamda Biznesni boshqarish kafedrasi tashkil etgan “Biznes marafon” seminar-trening doirasidagi davra suhbatida talabalar tadbirkorlik asoslari bilan tanishdi.

“Biznes marafon” davra suhbatida talabalar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan samarali tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri – Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti hamda Biznesni boshqarish kafedrasi tashabbusi bilan “NOV Intellekt Invest” MCHJda tashkil etilgan “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening doirasidagi davra suhbati bo‘ldi.

Mavzu: “Tadbirkorlikni boshlashda biznes loyihaning o‘rni”.

Davra suhbatini fakultet dekani M.X. Eshmurodov ochib berdi. So‘ngra korxona rahbari F.K. Ganiyeva talabalarga biznes loyihaning mazmun-mohiyati, tuzilishi va bosqichlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Bahs va munozaralarga boy bo‘lgan ushbu suhbatda talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda amaliy bilimlar va ilhom bilan quvvatlandilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish