Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti11-avgust, 2025 · Tahririyat

“Dolzarb 90 kun”: texnika, adabiyot va ijod uyg‘unligi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar robototexnika to‘garagida, “Bibixonim” asari taqdimotida va ijodiy chiqishda bilim va ijodiy salohiyatlarini namoyon etishdi.

Talabalar robototexnika to‘garagi mashg‘ulotida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning bilim va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Robototexnika to‘garagi.

Darslar davomida talabalar dasturlash asoslari, elektron qurilmalar bilan ishlash, mexanizmlar tuzilishi va sun’iy intellekt tamoyillari bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni egallashmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning texnik tafakkurini kengaytirib, ularni real loyihalarda ishtirok etishga tayyorlamoqda.

“Bibixonim” asari taqdimoti.

Mashhur yozuvchi Xurshid Davron qalamiga mansub “Bibixonim” asarining taqdimoti o‘tkazilib, unda asarning yaratilish tarixi, tarixiy voqealar va o‘sha davr madaniy hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Talabalar badiiy va tarixiy tahlillar orqali o‘z fikrlarini bildirishdi.

Ijodiy chiqish.

Shuningdek, Arxitektura fakulteti 4-bosqich talabasi Hayitboyev Abrorbek ijrosida she’r mutolaasi universitetning rasmiy telegram sahifasida e’lon qilindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish