
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida talabalar va tyutorlari ishtirokida sport va kibersport tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida stol tennisi, armrestling va futbol simulyatori (kibersport) bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida talabalar o‘zlarining jismoniy va intellektual salohiyatini namoyon etib, sog‘lom raqobat muhitida kuch sinashdi.