Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti16-iyul, 2025 · Tahririyat

“Vatan bo‘ylab sayohat qil” loyihasida: Shoirlar xiyoboni va Ayniy uy-muzeyi

Qurilish fakulteti talabalari “Dolzarb 90 kun” dasturining “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida Samarqanddagi Shoirlar xiyoboni va Sadriddin Ayniy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

Talabalar Shoirlar xiyobonida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalar dekanati tyutorlari tomonidan Qurilish fakulteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi asosida navbatdagi ekskursiya tashkil etildi.

Mazkur sayohat davomida talabalar Samarqand shahrida joylashgan Shoirlar xiyoboni hamda mashhur adib Sadriddin Ayniy nomidagi memorial uy-muzeyini ziyorat qildilar. Ekskursiya jarayonida talabalarga Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi, uning o‘zbek va tojik adabiyoti rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi hamda mazkur maskanlarning tarixiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir talabalarning madaniy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish