
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning texnik va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Robototexnika” to‘garagi faoliyat yuritmoqda.
Darslar davomida talabalarga dasturlash asoslari, elektron qurilmalar bilan ishlash, mexanizmlar tuzilishi va sun’iy intellekt tamoyillari o‘rgatilmoqda.
To‘garak – nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalarni real loyihalarda ishtirok etishga tayyorlamoqda.