Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti7-avgust, 2025 · Tahririyat

Ziyorat — ma’naviyatga yo‘l

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida SDTU talaba-yoshlari ziyoratgohlarga tashrif buyurib, milliy qadriyatlar bilan tanishdi.

Talaba-yoshlar ziyoratgohda

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalar dekanati tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida ziyoratgohlarga tashrif uyushtirildi.

Ushbu tashrif davomida yoshlarga yurtimizdagi muqaddas maskanlarning tarixiy-ma’naviy ahamiyati, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosi haqida tushunchalar berildi. Bu kabi tadbirlar talabalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga, tarixiy xotiraga hurmatni oshirishga xizmat qiladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish