Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti26-may, 2025 · Tahririyat

Dramali motivatsiya

Universitet psixologi Sardor Otayorov talabalarni orzu qilingan hayotni tasavvur qilish bilan bir qatorda, harakatsizlik oqibatlarini ham o‘ylab, mehnat qilishga da’vat etadi.

Universitet psixologi Sardor Otayorov

Ba’zida siz yashashni xohlayotgan hayot haqida o‘ylash, erinchoqlikdan qutulishingiz uchun yetarli emas. Siz yashashni xohlayotgan uy, haydashni xohlayotgan mashina, ishlashni xohlayotgan joy, uylanmoqchi bo‘lgan qiz yoki yigit, har yili bir davlatdan boshqasiga sayohat qilish — ba’zida bu narsalarni tasavvur qilish sizni o‘rningizdan turib o‘qishga, ishlashga majbur qilish uchun yetarli emas.

Menda sizga bitta taklif bor. Vaqti-vaqti bilan yashashni xohlamaydigan hayotingizni ham tasavvur qilib turing: barcha og‘riqlar, yurak siqilishlari, doim qarzdor bo‘lib yurish, odamlardan pul so‘rab yordam berishini iltimos qilishga majbur bo‘lish, oilangiz turli joylarda turli odamlar bilan ishlashga majbur bo‘ladigan iqtisodiy qiyinchilikda yashashi, farzandingiz kasal bo‘lganda uni yaxshi shifokorga ko‘rsata olmasligingiz, ota-onangiz sizga muhtoj bo‘lganda ularga hech narsa qila olmasligingiz — shu narsalarni ham xayolingizdan o‘tkazing.

Vaqt o‘tib, yoshingiz bir joyga borganda “ey, shuncha narsa qilishim mumkin edi-ku” deb afsuslanishingizni tasavvur qiling. Rizqingiz kelishi uchun qilishingiz kerak bo‘lgan barcha ishlarni qilmasangiz, majbur bo‘lib yashaydigan hayotni o‘ylang. Balki shu o‘y o‘rningizdan turib mehnat qilishingizga yordam berar!

Sardor Otayorov, universitet psixologi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish