
Yarashev Fozilbek Sobir o‘g‘lining arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida.
Mavzu: “Kattaqo‘rg‘on shahrining XVII–XX asr boshi shaharsozligi va me’moriy merosi: tadqiq etish va saqlash masalalari”.
Yarashev Fozilbek Sobir o‘g‘lining ushbu mavzudagi 18.00.01 – “Arxitektura tarixi va nazariyasi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash” ixtisosligi bo‘yicha arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajargan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.A.109.05 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-oktyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140147, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy. Tel/faks: (998 66) 237-18-47; (998 66) 237-19-53; e-mail: info@samdaqu.edu.uz.