Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar6-noyabr, 2025 · Tahririyat

Oraliq nazoratlarga uzrli sababli qatnasha olmagan talabalar diqqatiga

Uzrli sabablar bilan oraliq nazoratlarga qatnasha olmagan talabalar 13-noyabrgacha asoslovchi hujjatlar bilan dekanat va registrator ofisiga murojaat qilishi mumkin.

SDTU e’loni banneri

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘iga ko‘ra, uzrli sabablar bilan oraliq nazoratlarga qatnasha olmagan talabalar joriy yilning 13-noyabr kuniga qadar tegishli fakultet dekanatlari hamda registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.

Bunda talabaning o‘qishga vaqtincha layoqatsizligi (kasalligi), nogironligi mavjud talabaning mavsumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, talabaning nikoh to‘yi, talabaning yaqin birinchi darajali qarindoshining to‘yi yoki vafoti, tabiiy ofatlar yoki baxtsiz hodisalar, xorijlik talabalar uchun esa viza muddatining tugashi kabi sabablarni asoslovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish