Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti20-may, 2025 · Tahririyat

“Eng yaxshi esselar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan “Eng yaxshi esselar” tanlovida 27 nafar talaba ishtirok etdi; g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Eng yaxshi esselar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar” tanlovi tashkil etildi.

Ushbu tanlovda 27 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Natijalar quyidagicha:

— 1-o‘rin: Do‘schanov Suxrobbek, Qurilish fakulteti 2-bosqich talabasi;

— 2-o‘rin: Rustamov Jamshid, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-bosqich talabasi;

— 2-o‘rin: Tursunqulova Odina, Qurilish fakulteti talabasi;

— 3-o‘rin: Ergasheva Maftuna, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-bosqich talabasi;

— 3-o‘rin: Otaqulova Munojat, Qurilish fakulteti 3-bosqich talabasi.

Tanlov g‘oliblari tegishli tartibda faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi hududiy bosqichda ishtirok etish uchun pasport nusxasi va tanlov o‘tkazilganligi haqidagi bayonnomani taqdim etishi zarur.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

— universitet bosqichi;

— hududiy (yoki mintaqaviy) saralash bosqichi;

— respublika final bosqichi.

G‘oliblarni quyidagi mukofotlar kutmoqda:

Respublika bosqichi sovrinlari:

— 1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;

— 2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;

— 3-o‘rin – 4 000 000 so‘m;

Shuningdek, diplom, statuetka va gullar taqdim etiladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish