
Bugun Fransiya davlatida O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi va Fransiyaning tadbirkorlar uyushmasi MEDEF International vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz ham ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida SDTU va Fransiyaning EDF International Networks kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
EDF International Networks — jahonning yetakchi elektroenergetika kompaniyalaridan biri bo‘lgan EDF Group tarkibidagi kompaniya bo‘lib, dunyo bo‘ylab elektr energiyasini taqsimlash sohasidagi tajribani yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.