Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro12-sentabr, 2025 · Tahririyat

Fransiya elchisi Samarqandda

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ualid Fuk Samarqandga tashrif buyurib, SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz bilan ekologik muammolar va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

Fransiya elchisi Ualid Fuk oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvda

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk janoblari Samarqand shahriga tashrif buyurib, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov ishtirok etdi.

Tadbir davomida kelgusida ekologik muammolar ustida ishlash, mintaqaning tabiiy resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish