Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro2-sentabr, 2025 · Tahririyat

GEOSYMBIOTIC WORKSHOP – GWS 2025 yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

GEOSYMBIOTIC WORKSHOP – GWS 2025ning yopilish marosimida rektor Dr. Chidem Turkyilmaz va Yaponiyaning Setsunan universiteti professori Dr. Takeshi Shiratori ishtirokchilarga sertifikat topshirdi.

GEOSYMBIOTIC WORKSHOP – GWS 2025 yopilish marosimi

Marosim avvalida yapon va o‘zbek talabalar hamda professor-o‘qituvchilar hamkorligida qurilgan choyxonalarning bunyod etilish jarayonini o‘zida aks ettirgan videorolik namoyish qilindi.

Shundan so‘ng universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Yaponiyaning Setsunan universiteti professori Dr. Takeshi Shiratori va Arxitektura fakulteti dekani Dr. Dilnoza Kamalova ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Tadbir davomida yaponiyalik talabalar o‘zbek tilida, o‘zbekistonlik talabalar esa yapon tilida workshop haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdilar.

Ortda qolgan deyarli uch hafta davomida talabalar nafaqat yangi amaliy bilim va tajriba orttirdilar, balki mustahkam do‘stlik rishtalarini bog‘lab, bir-birlarini sog‘inishlarini ham ta’kidladilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish