Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar9-sentabr, 2025 · Tahririyat

Grantlar qayta taqsimlandi

2025-yil 10-mart va 25-martdagi hukumat qarorlari asosida SDTUda 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan bakalavriat va magistratura talabalari o‘rtasida grantlar qayta taqsimlandi.

SDTU e’loni banneri

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘i hamda universitet rektorining 2025-yil 1-apreldagi 87-u-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat texnika universiteti Ilmiy kengashining qarori bilan 2025-2026 o‘quv yilida qabul qilingan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisligi talabalari o‘rtasida grantlar qayta taqsimlandi.

Qayta taqsimlangan grantlar ro‘yxati bilan talabalar alohida e’lon orqali tanishtirildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish