Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro7-fevral, 2025 · Tahririyat

Xalqaro hamkorlik doirasida muzokaralar davom etmoqda

SDTU delegatsiyasi Malayziyaning to‘rtta universiteti bilan uchrashib, UTHM bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Malayziya universitetlari bilan uchrashuv

Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan “Malayziya-O‘zbekiston 1-Oliy ta’lim forumi” doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti delegatsiyasi Malayziyaning Malaya universiteti, Malayziya Islom bilimlari universiteti, Malayziya Sarawak universiteti va Malayziya Tun Husaym Onn universiteti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilinib, tez orada onlayn uchrashuvlar tashkil etilishi hamda shartnomalar imzolanishi rejalashtirildi.

Shuningdek, Malayziyaning Tun Husaym Onn (UTHM) universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida arxitektura, qurilish muhandisligi, atrof-muhit muhandisligi va mexanika muhandisligi yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchilarning stajirovkasi va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish