Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti13-aprel, 2025 · Tahririyat

Hayot haqiqati: bilim va maqsad bilan yashash haqida

Universitet psixologi talabalarni vaqtni bilim va maqsadlarga sarflashga, o‘ziga sodiq qolishga chorlagan fikr-mulohazalarini ulashadi.

Ilm va maqsad sari intilish ramzi

Boshqalar vaqtini o‘yin va foydasiz ishlarga sarflaganda, siz ilm bilan, maqsadlaringiz bilan yashang!

Buning uchun avvalo niyatingizni to‘g‘rilang — bu juda muhim bosqich.

Hayotning yorug‘ yo‘llariga intiling — o‘qing, o‘rganing, o‘zingizni har kuni yangi bosqichga olib chiqing. Atrofdagilar sizni chalg‘itishga urinsa ham, ichki nizomingizni, rejalaringizni hech qachon unutmang.

Vaqt — eng qimmatbaho manbaingiz: uni o‘z ustingizda ishlashga, kerakli ilmni to‘plashga, orzu qilingan kelajakni qurishga sarflang.

Har bir kichik harakat, har bir sahifa, har bir intilish — sizning “muvaffaqiyat” daraxtingizni mustahkamlaydi. Atrofdagilarning “zaharlangan” diqqatiga qarshi turish — sizning mental kuchingiz va bardoshligingiz sinovi. Yengil yo‘lni tanlovchilar ko‘p — lazzati kam, lekin pushaymonligi uzoq narsalar sizni chalg‘itmasin.

Chinakam g‘olib — chidamli va mantiqiy qadam tashlovchidir.

Eslab qoling: dunyo sizga qarab emas, siz dunyoga qanday munosabatda ekanligingizga qarab shakllanadi. Har bir daqiqa — imkoniyat. Har bir qaror — kelajakka sarmoya.

O‘zingizga sodiq qoling — shunda yuqori darajalar va g‘alabalar sizga sodiq bo‘ladi.

Sardor Otayorov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti psixologi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish