
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti tyutorlari va “Qurilish” fakulteti talabalari Urgut tumani hokimligi vakillari bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi faxriysi Gadoyev Bo‘ron ota xonadoniga tashrif buyurishdi.
Suhbat davomida Bo‘ron ota urush yillarining mashaqqatlari, Vatan sha’ni, yurt tuprog‘ining bebaho qadri va bugungi tinch hayot haqida yoshlarga samimiy nasihatlar berdi. Ilm olish, mehnat qilish va yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish lozimligini ta’kidladi.