
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida alohida iqtidor talab etuvchi ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihonlar jarayoni universitetning rasmiy veb-saytida jonli translyatsiya qilinmoqda.
Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari shu kunning o‘zida universitetning rasmiy axborot kanalida e’lon qilinadi.