
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz “IKSA group” muhandislik kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida dunyodagi eng zamonaviy tuproq va poydevor muhandisligi texnologiyalarini tadqiq qilish, ishlab chiqish va qo‘llash IKSAning asosiy vazifalari ekanligi, bu borada kompaniya sohaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilish, o‘z tajribasi va texnologik imkoniyatlarini yechim hamkorlariga taklif etish va strategik hamkorga aylanishi haqida kelishuvlar olib borildi.