
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talaba-yoshlar uchun “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Amaliy kimyo, fizika laboratoriyasi” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida:
— Fizika faniga oid ilmiy-ommabop shoular;
— Laboratoriyalarda ko‘rgazmali darslar;
— Talabalar ishtirokida qiziqarli ilmiy kvestlar tashkil etildi.
Bunday mashg‘ulotlar yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirib, nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashga xizmat qilmoqda.