
Fransiyaning Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston–Fransiya ko‘prigi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Tadbirda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari va turli soha vakillari ishtirok etmoqda.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz ham tadbir mezbonlari taklifiga ko‘ra ushbu konferensiyada ishtirok etmoqda.
Konferensiya doirasida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.