Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan2-noyabr, 2025 · Tahririyat

Texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek va rus tillarini o‘qitish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbek tili va adabiyoti hamda Xorijiy tillar kafedralari “Texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek va rus tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining Kichik faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti hamda Xorijiy tillar kafedralari tomonidan “Texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek va rus tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari (nazariya, metodika, texnologiya)” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda talabalarning tilshunoslik, ta’lim metodikasi va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, o‘zbek va rus tillarini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha foydali takliflar bildirdilar.

Mazkur konferensiya til ta’limini rivojlantirish, tajriba almashish va yangi pedagogik g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish