
Aymatov Rustam Ruziboyevichning “Qurilish materiallari sanoati pechlarida gaz yoqilg‘isining yonish samaradorligini oshirish va yonuv jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi, 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 Ilmiy kengashida 2025-yil 9-iyun kuni soat 10:00 da, universitetning Kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy rahbari: fizika-matematika fanlari doktori, professor vazifasini bajaruvchi Xalmanov Aktam Toshquvatovich.
Qarshiyev Sharif Sherqulovichning “Quyosh kollektorlarini buzilishdan himoyalash uchun energiya tejamkor va ishonchli o‘zini o‘zi drenaj qiladigan gelioqurilmalar” mavzusidagi, xuddi shu ixtisoslik bo‘yicha PhD dissertatsiyasining himoyasi o‘sha kuni soat 12:00 da, xuddi shu Ilmiy kengashda va zalda bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy rahbari: texnika fanlari doktori, professor, katta ilmiy hodim Rashidov Yusuf Karimovich.
Manzil: Samarqand shahri, SDTU bosh binosi.
Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilar taklif etiladi.