
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyat kengashi hamda “Adolat” Sotsial Demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Sana va joy: 2025-yil 16-aprel kuni soat 14:00 da universitetning Kichik faollar zalida.
G‘olib va ishtirokchilar homiylar tomonidan tashakkurnoma, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun SDTU Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi mutaxassisi Musavvara Ibragimova bilan (90) 452 16 86 telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.