Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan2-noyabr, 2025 · Tahririyat

Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev boshchiligida iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish va ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida iqtidorli talabalar bilan “Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish va ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev hamda ilmiy-tadqiqot va loyihalar koordinatsiyasi bo‘limi xodimlari olib bordi.

Uchrashuvda universitetning barcha fakultetlaridan mas’ul xodimlar, tyutorlar, ilmiy-tadqiqot va StartUP loyihalar ustida ishlayotgan, jamoat ishlarida faol hamda bilimdon talabalar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbir davomida universitet Yoshlar akademiyasi lideri, “Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Rajabov Bekzod tanishtirildi.

Uchrashuv savol-javob tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha fikr almashdilar va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish