
2025-yil 21–25-iyul kunlari Italiyaning Trento universitetida “Atrof-muhit barqarorligi bo‘yicha aralash intensiv dastur (bolalar +)” xalqaro yozgi maktabi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda universitetimiz Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Humoyun Avezov boshchiligida quyidagi talabalar ishtirok etmoqda:
Fozilova Shaxlo — “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” yo‘nalishi 1-bosqich tayanch doktoranti.
To‘ychiyev Shoxruh — “Arxitektura (turlari bo‘yicha)” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
Yozgi maktab doirasida ishtirokchilar atrof-muhit barqarorligi, uning samaradorligi va universitet-maktab hamkorligida barqarorlik ta’limini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha bilim va tajriba orttirmoqda.
Ushbu xalqaro dastur ekologik innovatsiyalar va barqaror rivojlanish sohasida global tadqiqotlar bilan tanishish imkonini yaratmoqda.