Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar24-sentabr, 2025 · Tahririyat

Jaholatga qarshi — ma’rifat, inson qadri ustuvor

Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov boshchiligida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi; unda Din ishlari qo‘mitasi vakili Soxibnazar Boymurodov ma’ruza qildi.

“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” davra suhbati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida yoshlarni ma’rifatga chorlash, ularning ma’naviy va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” hamda “Inson qadri va huquqlarning ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Uzoqov boshchiligida o‘tkazildi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi rahbari Soxibnazar Boymurodov, rektor maslahatchisi Jamol Jo‘rayev hamda universitet talabalari ishtirok etdilar.

Soxibnazar Boymurodov o‘z chiqishida jaholat va diniy bag‘rikenglik mavzusiga alohida to‘xtalib, yoshlarni noto‘g‘ri ma’lumotlar va ekstremistik ta’sirlardan himoya qilish, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlari hamda huquqiy madaniyat asosida jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot poydevorini yaratishning muhimligini ta’kidladi.

Mazkur davra suhbati yoshlarda ma’naviy immunitetni mustahkamlash va ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishga xizmat qildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish