
Universitetda “Sportchi yurt himoyachisi – Sport sinovlari” shiori ostida sport oyligida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga rasmiy start berish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov, talabalar dekani Sherzod Bozorov ishtirok etdi.
Fakultetlararo harbiylashtirilgan sport musobaqalarida quyidagi sport turlari bo‘yicha jamoviy va individual tarzda bellashuvlar bo‘lib o‘tdi:
— stol tennisi;
— arqon tortish;
— 100 metrga yugurish;
— turnikda tortilish;
— bilak kurashi (armresling).
Ushbu musobaqalarda birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi:
— 1-o‘rin – “Amir Temur izdoshlari” jamoasi;
— 2-o‘rin – “Qaytmaslar” jamoasi;
— 3-o‘rin – “Mangulik” jamoasi.
Tadbirda ishtirok etgan jamoalar: Temur avlodlari, 1-TTJ o‘g‘lonlari, TTJ-1, Manguberdi izdoshlari, MMOA lochinlari, Iqtisodiyot, Beruniy izdoshlari, Qaytmaslar, O‘zbegim yoshlari, Mangulik, Amir Temur izdoshlari, Benom, Yurt qo‘riqchilari, Qalqon terma, Turon arslonlari, Qalqon va Chaqqonlar.