Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar12-may, 2025 · Tahririyat

Karyera kuni 2025 mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi

2025-yil 19-may kuni SDTU yangi kampusida bitiruvchilar va qariyb 100 ish beruvchi ishtirokidagi “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

SDTU e’loni banneri

2025-yil 19-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

Tadbirda 100 ga yaqin arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan yirik korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etadilar.

Hurmatli bitiruvchi talabalar, mehnat yarmarkasiga barchangizni taklif etamiz! Tashrif buyuring va tez orada siz ham o‘z ish o‘rningizga ega bo‘ling!

Mehnat yarmarkasi soat 10:00 da boshlanadi.

Manzil: SDTU yangi kampusi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish