
Dunyoning rivojlanishi, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. 2004-yildan beri 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Shunga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ko‘rsatmasi va universitet rektorining buyrug‘iga muvofiq, universitetimizda 2025-yil 19-noyabrdan 26-noyabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurash haftaligi” e’lon qilindi.
Haftalik doirasida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan quyidagi ko‘rik-tanlovlarga start berilmoqda — “Eng yaxshi insholar” tanlovi: talabalar “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” shiori ostida o‘z fikr-mulohazalarini qog‘ozga tushiradilar, tanlov 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi; “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi: “Korrupsiya — kelajakka tahdid!” mavzusidagi ijodiy asarlar tanlanadi, ishlarni 20-noyabr kuniga qadar topshirish kerak; “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi: “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusini yoritadigan, davomiyligi 3 daqiqadan oshmaydigan videoroliklar baholanadi, ishlarni 21-noyabr kuniga qadar topshirish kerak.
Tanlovlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i R. Davirov — tel. (66) 237-36-25 va mutaxassis A. Norjigitovga — tel. (97) 912-23-95 murojaat qilishingiz mumkin.
Mazkur tanlov korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusini chuqur yoritib, ijodiy va badiiy ko‘rinishda ifoda etishda talabalar ijodkorligini namoyon etadi. G‘oliblarni diplom va pul mukofotlari kutmoqda.