
Aziz talaba qizlar, agar siz faol, tashabbuskor, o‘z ustida ishlaydigan va kelajakda yetakchi bo‘lishni xohlasangiz — unda “Lider qizlar klubi” aynan siz uchun.
Klub yo‘nalishlari — liderlik va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha treninglar; muvaffaqiyatli ayollar bilan uchrashuvlar; nutq madaniyati va ijtimoiy faollik mashg‘ulotlari; ijtimoiy loyihalar va volontyorlik faoliyati; motivatsion uchrashuvlar va mahorat darslari.
A’zolik uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10–20-oktabr, 2025-yil. Joy: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti, “Qizlarjon” klubi xonasi.
Aloqa: universitet talaba qizlar koordinatori — Shamshitdinova Nozima, tel. +998 93 714 67 06. Shiorimiz: “Lider qizlar — ertangi yetakchi ayollar”.