Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ta’lim
Ta’lim7-mart, 2025 · Tahririyat

Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha amaliy mahorat darsi o‘tkazildi

Arxitektura fakulteti talaba va o‘qituvchilari “Madaniy Meros LITI” kompaniyasi bilan Maxdumi A’zam majmuasini restavratsiya qilish loyihasi ustida ishladi.

Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha mahorat darsi

“Madaniy Meros LITI” kompaniyasi bosh direktori Jahongir Rahmonov, ijrochi direktor Karimjon Avazov va bosh arxitektor Abdujalil Nabiyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Arxitektura fakulteti talabalari va o‘qituvchilari hamkorlikda amaliy mahorat darsi tashkil etildi.

Dars davomida talabalar va o‘qituvchilar Madaniy Meros LITI bilan hamkorlikda Samarqand shahridan 14 km shimoli-sharqda joylashgan, ilgari Miko‘l nomi bilan tanilgan Maxdumi A’zam tarixiy-me’moriy majmuasini restavratsiya qilish loyihalari ustida ishlashdi.

Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamalova ushbu majmuaning diniy-siyosiy tarixiy ahamiyati, me’morchiligi, atrof-muhitga ta’siri hamda madaniy tarbiya nuqtai nazaridan tutgan o‘rnini tushuntirdi.

Arxitektura kafedrasi o‘qituvchilari Ilhom Sultonov, Ulug‘bek Tojiboyev va Sherzod Abduraimov Daxbeddagi Maxdumi A’zam so‘fiylar majmuasi nisbatan yaxshi saqlanib qolganligini va 1980-yillarda o‘tkazilgan rekonstruksiya ishlari uning tarixiy qiyofasini tiklashga xizmat qilganligini ta’kidladilar.

Ishchi guruh o‘z ishini yodgorlik elementlarini fotofiksatsiya qilish bilan boshladi hamda 3D skanerlash va 3D modellashtirishni o‘z ichiga olgan keyingi tadqiqotlarni belgilab berdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish