Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan26-may, 2025 · Tahririyat

Madaniy meros obyektlarini asrashning zamonaviy tamoyillari tahlil qilindi

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Eron, Xitoy, Misr, Turkiya va Ozarbayjondan fan doktorlari va tadqiqotchilar madaniy merosni raqamlashtirish, tiklash va turizm orqali foydalanish mavzularida ma’ruza qildi.

Madaniy merosni asrash bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Universitetda “Madaniy meros obyektlarini asrashning zamonaviy tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining birinchi o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyev, Turkiya Respublikasining Samarqanddagi bosh konsuli Salih Janer, O‘zbekiston milliy axborot agentligi maxsus muxbiri, Xalqaro fanlar akademiyasi akademigi Muxiddin Narziqulov, universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev, Eron, Xitoy, Misr, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan xalqaro darajadagi fan doktorlari, professorlar hamda tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Anjumanda quyidagi mavzularda ma’ruzalar o‘qildi:

— madaniy merosni saqlashda raqamli innovatsiyalar;

— tiklash va restavratsiya bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar;

— turizm orqali meros obyektlaridan samarali foydalanish, muzeyshunoslik, ekologik muammolar va ularning ilmiy yechimlari.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish