Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti21-iyul, 2025 · Tahririyat

Mahalla va universitet yoshlari uchun san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi

Talabalar va mahalla yoshlarining ijodiy ishlaridan iborat san’at ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilar bir-birlari bilan tajriba almashdi.

Talabalar va mahalla yoshlari san’at ko‘rgazmasida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida yoshlarning estetik didini shakllantirish, ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish va ularni san’atga kengroq jalb qilish maqsadida mahalla yoshlari hamda universitet talabalari ishtirokida san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada ijodkor talabalar va yosh rassomlar tomonidan tayyorlangan rasmlar, dekorativ amaliy san’at asarlari, milliy hunarmandchilik namunalaridan iborat ko‘plab ishlar namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan asarlar bilan tanishib, san’at yo‘nalishlariga oid ma’lumotlar va maslahatlar oldilar.

Mazkur ko‘rgazma yoshlarda milliy madaniyat va san’atga bo‘lgan mehrni oshirishga, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ishtirokchilar bu kabi loyihalarning davomiy bo‘lishini tilab, o‘z ijobiy taassurotlarini bildirdilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish