
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitetga tashrif buyurgan ijodkorlar universitet rektori bilan uchrashdi.
Uchrashuv jarayonida ijodkorlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni va talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, ular universitet talabalari bilan bo‘lgan suhbatlardan olgan taassurotlarini so‘zlab, yoshlarning ijodiy salohiyati va intilishlarini yuksak baholadilar.
O‘z navbatida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz mehmonlarni samimiy kutib olib, kelgusida ijodkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan mamnun ekanini ta’kidladi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ijodiy uchrashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni izchil davom ettirish borasida fikr almashdi.