Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan2-may, 2025 · Tahririyat

Mehnat muhofazasi va iqlim o‘zgarishi: xalqaro konferensiyada innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada mintaqa rahbarlari va xorijiy olimlar mehnat xavfsizligi va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tajriba almashdilar.

Mehnat muhofazasi xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida, 2025-yil 30-aprel kuni, “Iqlim o‘zgarishining mehnat munosabatlariga ta’siri va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlandi.

Konferensiyada viloyat hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafiqov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Temur Maxmudov, gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i Vagif Mirzoyev, shuningdek, Belarus, Turkiya, Pokiston va Qozog‘iston kabi davlatlardan xorijiy olimlar ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida: oliy ta’limda mehnat muhofazasi fanining o‘qitilishi bo‘yicha xorijiy tajribalar, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, tuman va chiqindi gazlarning ta’siri, qurilish maydonlarida xavfsizlik, sog‘liqni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish qonunchiligi va statistikasining tahlili mavzulari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, yosh olimlar, doktorantlar, ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari va respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari tomonidan mehnat xavfsizligining innovatsion yechimlariga oid takliflar ilgari surildi.

Tadbir yakunida qatnashchilar o‘zaro tajriba almashib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish