Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar7-oktabr, 2025 · Tahririyat

“Mening O‘zbekistonim” shiori ostida videoroliklar tanlovi

SDTU ijodkor yoshlarni “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanloviga chorlaydi; ishlarni 14-oktabrgacha Talaba klublari bo‘limi Telegram kanaliga yuborish mumkin.

SDTU e’loni banneri

O‘z yurtini sevgan, uning go‘zalligi, tarixi va kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha ijodkor yoshlarni “Mening O‘zbekistonim” tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz.

Tanlov sharti — O‘zbekistonning tabiati, madaniyati, tarixi, insonlari yoki sizning Vatan haqidagi his-tuyg‘ularingizni aks ettiruvchi ijodiy videorolik tayyorlang. Videolaringizni Talaba klublari bo‘limining Telegram kanaliga yuboring. Oxirgi muddat: 14-oktyabr.

Mukofot va imkoniyatlar — eng yaxshi deb topilgan videorolik egalari respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar; g‘oliblar shuningdek maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Aziz yoshlar, bu sizning imkoniyatingiz — Vataningizni sevishingizni, ijodingizni va iste’dodingizni butun O‘zbekiston bilan baham ko‘ring. Har bir kadringiz yurtingizga bo‘lgan faxrni ifodalasin. Unutmang, O‘zbekistonning kelajagi — sizlarning qo‘lingizda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish