
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Milliy qadriyatlar — millat ko‘zgusi” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirni Arxitektura hamda Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlarining iqtidorli talabalari tashkil etdi. Ko‘rgazmada talabalarning milliy madaniyat, urf-odat va qadriyatlarni aks ettiruvchi ijodiy ishlari, arxitektura loyihalari va tasviriy san’at namunalari namoyish etildi.
Tadbir milliy o‘zlikni anglash, estetik didni shakllantirish va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishga qaratilgan.