
“Adabiy-ma’rifiy haftaliklar” doirasida butun respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Milliy qadriyatlar sayli” tadbirlari keng miqyosda davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga biriktirilgan xiyobonda ham mazkur sayil yuqori saviyada tashkil etildi.
Sayil davomida talaba-yoshlar ishtirokida milliy liboslar va urf-odatlar, an’anaviy san’at turlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari, kitob ko‘rgazmalari, milliy o‘yinlar va sahna ko‘rinishlari, she’riyat kechalari kabi turli madaniy-ma’rifiy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yosh avlod qalbida xalqimizning boy madaniy merosi, qadriyatlari va urf-odatlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga xizmat qildi.