
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislar, investorlar va innovatsion g‘oya egalari ishtirokida tashviqot seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev ochib berdi.
Ma’ruzachilar: Aziz Saloxitdinov — “Startap Garage” Samarqand filiali rahbari; Usmon Xushvaqtov — ITvaLK koordinatori; Aziz Maxmudov — Yoshlar akademiyasi lideri.
Seminar davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi: ilmiy izlanishlarning bugungi kundagi o‘rni; startap g‘oyalarni shakllantirish manbalari; davlat stipendiyalariga erishish yo‘llari; iqtidorli yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar.
Tadbir ishtirokchilarga ilhom, g‘oya va motivatsiya bag‘ishladi. 2025-yil 13-may kuni bo‘lib o‘tadigan “StartUP loyihalar” tanlovi esa ularning ijodiy tashabbuslarini namoyon etish uchun katta maydon bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblari uchun sovrinlar: 1-o‘rin — 3 000 000 so‘m; 2-o‘rin — 2 000 000 so‘m; 3-o‘rin — 1 000 000 so‘m. Bundan tashqari, 1-o‘rin sohibi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.