Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar6-may, 2025 · Tahririyat

“Muhandislik oyligi”: StartUP loyihalar tanlovi o‘tkaziladi

SDTU “Muhandislik oyligi” doirasida 13-may kuni yosh muhandislarning startap loyihalari ko‘rilgan “StartUP loyihalar” tanlovi bo‘lib o‘tadi; g‘oliblarga 3 million so‘mgacha mukofot beriladi.

SDTU e’loni banneri

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash va o‘z g‘oyalarini amalda qo‘llash imkoniyatlarini yaratish maqsadida 2025-yil 13-may kuni muhandislik “StartUP loyihalar” tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, magistrlar, doktorantlar va yosh olimlar o‘z startap loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi: 1-o‘rin uchun — 3 000 000 so‘m; 2-o‘rin uchun — 2 000 000 so‘m; 3-o‘rin uchun — 1 000 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinni egallagan nomzod tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Manzil: SDTU Inkubatsiya markazi, bosh bino, 114-xona.

Sana: 13-may, soat 10:00 da.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish