Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro3-aprel, 2025 · Tahririyat

Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam: SDTU Malayziyada AEC kompaniyasiga tashrif buyurdi

SDTU prorektori Abror Gadaev Kuala-Lumpurdagi AEC (Malaysia) kompaniyasiga tashrif buyurib, atrof-muhit va suv resurslari yo‘nalishida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

SDTU prorektori AEC (Malaysia) kompaniyasida

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadaev Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Malayziyaning Allied Environmental Consultants – AEC (Malaysia) kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida ta’lim va ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun investitsiyalar masalasi muhokama qilindi.

Natijada AEC kompaniyasi hamkorlikka qiziqish bildirib, o‘zaro shartnoma tuzish istagini bildirdi.

Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni boshqarish va suv resurslarini barqaror boshqarish yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish