Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar2-may, 2025 · Tahririyat

“Nomingiz dillarda mangu yashaydi”: jasorat darsi

Xotira va qadrlash kuni arafasida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari uchun urush qatnashchilarining jasoratiga bag‘ishlangan jasorat darsi tashkil etildi.

“Nomingiz dillarda mangu yashaydi” jasorat darsi ishtirokchilari

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti talaba-yoshlari uchun, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” nomli jasorat darslari tashkil qilindi.

Tadbir davomida universitet “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Qo‘ldoshev hamda kafedra katta o‘qituvchisi Adolat Ziyotova tomonidan urushning salbiy oqibatlari, jumladan Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat qalbida o‘chmas dog‘ bo‘lib qolganligi, urushda xalqimiz tomonidan qilingan mislsiz jasorat haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar va muhokamalarga boy bo‘ldi. Talaba-yoshlar o‘z dunyoqarashini kengaytirib, tarixdan ibrat olish zarurligini yana bir bor his etdilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish