
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqning 6-bandi hamda “Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish haqida”gi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga biriktirilgan 11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlov kurslari tashkil qilindi.
Mazkur kurslar abituriyentlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, darslar Registrator ofisi hamkorligida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fizika, matematika, informatika va ingliz tili fanlaridan olib borilmoqda.
Tashkil etilgan tayyorlov kurslari oliy ta’limga tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga qo‘shimcha shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.