Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti9-sentabr, 2025 · Tahririyat

Orientation Week doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

“Orientation Week” doirasida 1-bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi; unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i Nigora Sadinova ma’ruza qildi.

1-bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Orientation Week” doirasida 1-bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i Nigora Sadinova ishtirok etib, yoshlarga milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz va mustaqillik mafkurasining hayotimizdagi o‘rni haqida mazmunli ma’ruza qildi.

Uchrashuv davomida talabalarga o‘z ustida muntazam ishlash, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shish hamda bilim olish jarayonida ma’naviyat va ma’rifatga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish