
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida SDTU hamda Yaponiya universitetlari va kompaniyalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari to‘g‘risida taqdimot tashkil qilindi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muhim tashabbuslardan biri — universitetda Yaponiyada ishlash uchun kadrlar tayyorlash markazini tashkil etish masalasi bo‘ldi.
Bu tashabbus talabalarga Yaponiya kompaniyalarida o‘z sohalari bo‘yicha faoliyat yuritish, magistratura va doktorantura bosqichlarida Yaponiya universitetlarida tahsil olish imkoniyatlarini yaratadi va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar safini kengaytiradi.