Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro30-oktabr, 2025 · Tahririyat

O‘zbekiston–Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi: o‘zaro hamkorlik yangi bosqichda

Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston–Yaponiya rektorlari forumida uchta sho‘ba yig‘ilishida ta’limni sanoat ehtiyojlari, akademik mobillik va raqamli innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Forum sho‘ba yig‘ilishi ishtirokchilari

Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston–Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi doirasida uchta sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlat ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ekspertlar zamonaviy ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish hamda raqamli innovatsiyalarni joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Sho‘balarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi:

— texnologik kelajak uchun inson kapitali — oliy ta’limni sanoat va mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish;

— chegarasiz ko‘nikmalar — ta’lim, akademik mobillik va amaliyotchi tadqiqotlar uchun ikki tomonlama ekotizim yaratish;

— aqlli jamiyat uchun akademik innovatsiya — sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish