Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro11-iyul, 2025 · Tahririyat

BUCEAda “Aqlli shaharlar” xalqaro yozgi maktabi yakunlandi

Pekin qurilish muhandisligi va arxitektura universitetida (BUCEA) o‘tkazilgan “Aqlli shaharlar” xalqaro yozgi maktabi yakunlandi; tomonlar bir necha yo‘nalishda hamkorlikka kelishib oldilar.

BUCEAdagi “Aqlli shaharlar” yozgi maktabi ishtirokchilari

2025-yil 11-iyul kuni Xitoyning Pekin shahrida joylashgan Pekin qurilish muhandisligi va arxitektura universitetida (BUCEA) “Aqlli shaharlar” mavzusidagi xalqaro yozgi maktabning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastur davomida universitetimiz vakillari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilib, “Aqlli shaharlar” konsepsiyasini rivojlantirishdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Yopilish marosimida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Yopilish marosimidan so‘ng vakillarimiz Xicheng kampusidagi “Arxitektura” va “Shaharsozlik” fakultetiga tashrif buyurib, fakultet rahbari professor Wei Feiyu bilan uchrashdilar.

Suhbat davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi:

Arxitektura va landshaft dizayni bo‘yicha kafedralararo aloqalar o‘rnatish.

Akademik mobillik (1–2 semestr) dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Professor-o‘qituvchilar bilan kasbiy hamkorlikni kuchaytirish.

Hammualliflikda o‘quv adabiyotlari va ilmiy maqolalar tayyorlash.

Talabalar kurs ishlari ko‘rgazmalarini tashkil etish.

Xalqaro grantlar yuzasidan hamkorlik qilish.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish