
28-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida V. I. Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibida birinchi prorektor, xalqaro faoliyat va axborot siyosati bo‘yicha prorektor Sergey Yurchenko; xalqaro faoliyat boshqarmasi boshlig‘i Gevorg Gabrielyan; Media kommunikatsiyalar, media texnologiyalari va dizayn instituti direktori Aleksandr Mashchenko; “Agrotexnologiya akademiyasi” instituti direktori Anatoliy Rogozenko; “Qurilish va arxitektura akademiyasi” instituti direktori Elmar Mennanov; “Tavricheskiy axborot-tahliliy markazi” direktori Aleksandr Bedritskiy hamda xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i Oksana Ivchenko bor edi.
Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki universitet o‘rtasida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Tashrif so‘ngida mehmonlar uchun universitetning yangi o‘quv binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.